QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ISSIQLIK NASOSLARI ASOSIDAGI BINOLARNI ISSIQLIK – SOVUQLIK TA’MINOT TIZIMI

Mualliflar

  • Ismoilov Sherzod Gʻayratovich Muallif
  • Toshmamatov Bobir Mansurovich Muallif

Kalit so‘zlar:

energiya saqlovchi batareyalar, fotoissiqlik stansiyasi, iqtisodiy samaradorlik, issiqlik nasosi, shamol elektr stantyasi, yer osti suvlari, kontroller, invertor

Abstrak

Annotatsiya. Kirish. Binolarni isitish va sovutishda ishlatiladigan eng samarali qurilmalardan biri issiqlik nasoslari hisoblanadi lekin ularning asosiy muammolaridan biri bu yozgi va qishki vaqtlarda tashqi haroratning, issiqlik nasosi normal ishlashi uchun kerak boʻladigan nominal haroratdan ancha farq qilishi va ayni shu mavsumda, tarmoq yuklanishi katta boʻlganligi sababli, tarmoq kuchlanishning pasayishi hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida elektr tokini toʻgʻirlab beruvchi qimmat qurilmalarning ishlatilishini talab qiladi.

Usul va materiallar. Yuqoridagi koʻrsatilgan muammolarni hal qilish uchun, harorati issiqlik nasosining normal ishlash haroratiga yaqin boʻlgan, yer osti suvlaridan foydalanish taklif qilingan. Bundan tashqari issiqlik nasosining ta’minotidagi kuchlanishni nominal holatda ushlab turish uchun fotoissiqlik hamda shamol elektrostansiyalaridan foydalanish tizimining samaradorligi qarab chiqilgan.

Natijalar. Qilingan dastlabki hisoblar natijasida issiqlik nasosining energiya samaradorligi 30 % dan koʻproq oshganligi koʻrindi. Bundan tashqari kiritilgan texnologiya qayta tiklanuvchi energiya manbalarining bir nechta turini oʻzaro bogʻlaganligi sababli uni samarasi va ishonchliligi yanada oshadi. Bu qurilma oʻz narxini qoplash muddati kichikligi bilan ham e’tiborni tortishi mumkin.

Xulosa. Taklif qilingan qayta tiklanadigan energiya manbalari va issiqlik nasosli issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimi yordamida: energetika tizimidagi yuklanishni pasaytirish, issiqlik nasoslarining samaradorligini oshirish va ba’zi hududlarda suv sugʻorish muammolarini hal qilish mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

bibliografik havolalar

[1] https://klimat.od.ua/teplovie-nasosy/teplovie-nasosy-vozduh-voda/

[2] https://heatpumpjournal.com.ua/arhiv/2112/zhurnal-teplovye-nasosy_2022_1

[3]https://docs.cntd.ru/document/1200121973

[4] https://lex.uz/docs/4432300

[5] https://lex.uz/docs/5371422

[6] https://www.youtube.com/watch?v=_6r64T04KA4&t=3s

[7] Dоrоtа Annа Кrаwczyk Buildings 2020+. Еnеrgy Sоurсеs.. Printing hоusе оf Вiаlystоk Univеrsitу оf Тесhnоlоgу Вiаlуstоk – Cоrdоbа – Vilnius 2019. pp 146 – 148.

[8] Аlthоusе. А. D., Bracciano, G. M. Вrассiаnо. A. F., Тurnquist, C. H., Bracciano. D. C., Modern Refrigeration and Air Conditioning. (2013) 19th Edition. GoodheartWillcox.

C 120-122.

[9] Еiсkеr. U. Еnеrgу Еffiсiеnt Вuildings with Sоlаr аnd Gеоthеrmаl Rеsоurсеs. (2014)

Сhiсhеstеr, Wilеy. pp 75-77.

[10] Hаdоrn. J. С., Sоlаr аnd Hеаt Pump Sуstеms fоr Rеsidеntiаl Вuildings. (2015) 2nd Еditiоn. Berlin. pp 25-27

[11] Кrеidеr. J. F., Сurtiss. P. S., Rabl. A. Heating and Cooling of Buildings: Design

for Efficiency. (2010) Revised Second Edition. Boca Raton, CRC Press.

[12] Оughtоn. D., Wilsоn. А. Fаbеr & Kellʻs, Heating and Air-Conditioning of

Buildings. (2015) 11th Edition. New York, Routledge.

Yuklamalar

Nashr qilingan

2024-12-12

Nashr

Bo'lim

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI SOHASIDA TEXNOLOGIYALAR, QURILMALAR VA INNOVATSION YECHIMLAR

qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ISSIQLIK NASOSLARI ASOSIDAGI BINOLARNI ISSIQLIK – SOVUQLIK TA’MINOT TIZIMI. (2024). Muqobil Energetika, 3(14). https://aenergy.qmii.uz/index.php/ae/article/view/20