ISSIQLIK NASOSI SAMARADORLIGINING ISITKICH VA SOVUTKICH HARORATIGA BOGʻLIQLILIK TAHLILI

Mualliflar

  • Ismoilov Sherzod Gʻayratovich Muallif
  • Tashmamatov Bobir Mansurovich Muallif

Kalit so‘zlar:

issiqlik nasosi, yer osti suvlari, Qarshidagi oʻrtacha harorat, kondensator, bugʻlatkich, fankoyl,, COP, EER, izotropik FIK, entalpiya, p – h diagramma, real issiqlik nasosining sikli.

Abstrak

Annotatsiya. Kirish. Issiqlik nasoslari hozirgi vaqtda butun dunyoda juda katta qiziqish bilan oʻrganilayotgan qurilmalardan boʻlishiga qaramay, ularning sezuvchanligi juda koʻp holatlarda issiqlik manbai(isitkich) haroratiga juda yuqori. Shu sababli har bir hudud iqlim sharoitini uning issiqlik manbalarini yaxshi oʻrganmay turib bu hudud uchun mos keladigan issiqlik nasoslarini tanlash yoki uning samaradorligiga baho berish qiyin. Lekin ba’zi issiqlik manbalarining (yer osti suvlari) harorati tashqi muhitga deyarli bogʻliq boʻlmaydi. Shu sababli yer osti suvlarini qoʻllash paydo boʻluvchi koʻp muammolarning yechimi boʻlishi mumkin.

Usul va materiallar. Maqolada issiqlik nasoslari kompressorlari COP qiymatini aniqlash, kondensator va bugʻlatkich haroratlari hamda issiqlik yuklamasi aniq boʻlgan holatlar uchun hozirda mavjud ba’zi kompressorlarning COP va EER koʻrsatkichlari aniqlash usuli qarab chiqilgan. Bundan tashqari Qarshi shahri misolida, issiqlik manbasi havo va yer osti suvi boʻlgan issiqlik nasoslarining samaradorligi baholangan.

Natijalar. Keltirilgan formulalar orqali issiqlik nasosini samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy kattaliklardan biri bu isitkichdagi va sovutkichdagi haroratlar farqi ekanligi nazariy jihatdan va real kompressorlarning koʻrsatkichlari orqali isbotlangan va bu farqni kichraytirish uchun yer osti suvlarini ishlatish taklifi kiritilgan.

Xulosa. Yerosti suvlarini isitkich yoki sovutkich sifatida foydalanish juda yaxshi samara beradi. Masalan yozgi mavsumda, Qarshi shahri uchun, issiqlik nasosining samaradorligi kamida ikki barobar oshganligini yoki qishki mavsumda kamida 1,5 oshganligini koʻrish mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

bibliografik havolalar

[1] https://pogoda.mail.ru/prognoz/delhi/by-month/

[2] Погода в Канаде по месяцам и сейчас: прогноз на 3 дня и на 2 недели (tonkosti.ru)

[3] https://lex.uz/docs/-2430765

[4] Трубаев, П. А. Б. М. Гришко, Тепловые насосы. Учеб. Пособие. Белгород: Изд-во БГТУ им. Шухова, 2009. 142 с

[5] Chemekov V. V., Kharchenko V. V. The heat supply system for a self-contained dwelling house on the basis of a heat pump and wind power installation. Thermal Engineering. 2013. – Т. 60, № 3. – p 212 – 216

[6] Рей Д., Макмайкл Д. Тепловые насосы. Москва. Энергоиздат. 1982. 17 – 23 с.

Yuklamalar

Nashr qilingan

2024-12-12

Nashr

Bo'lim

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI SOHASIDA TEXNOLOGIYALAR, QURILMALAR VA INNOVATSION YECHIMLAR

qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

ISSIQLIK NASOSI SAMARADORLIGINING ISITKICH VA SOVUTKICH HARORATIGA BOGʻLIQLILIK TAHLILI. (2024). Muqobil Energetika, 3(14). https://aenergy.qmii.uz/index.php/ae/article/view/19